Zinedin Zidan: "Juda xursandman, 3 ta mashg'ulotdan so'ng g'alaba qozonish muhim edi"

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan LaLiga 28-turida "Selta" ustidan qozonilgan g'alabani tahlil qildi.

Bu uchrashuv uning klubga qaytganidan so'ng ilk o'yini bo'ldi.

O'yin haqida 

"Birinchi bo'limda bizga qiyin bo'ldi. Bir qancha qiyinchiliklarga duch keldik va bu tabiiy holat. Ikkinchi taymda ham bizga oson bo'lgani yo'q. Lekin, muxlislar bizga yordam berishdi va o'yinchilar ham qattiq mehnat qilishdi. 

Juda hursandman, chunki eng muhim narsa bu - g'alaba qozonish. 3ta mashg'ulotdan keyin yutishimiz zarur edi. Endi oldimizda biroz vaqt bor. Terma jamoaga bormaydiganlar ishlashda davom etadi. 10 ta o'yin qoldi va mavsumni ko'tarinki ruxda yakunlanishingiz kerak.

Hissiyotlari haqida

Hissiyotlarga to'la his qilmoqdaman. G'alaba uchun intilidik va bunga erishdik. Jamoa yulduzlari yaxshi emasdi, ammo bunga sabr kerak bo'ladi", - deydi fransiyalik mutaxassis. 

Uchrashuvda Beyl va Iskoning gollari Zidanning debyut uchrashuvini muvaffaqiyatli o'tishiga zamin yaratdi. 


Manba: AS