Zinedin Zidan: Javob o'yinida imkoniyatlar teng

Narzulla Saydullayev
27 apr 2016
Real ustozi Zinedin Zidan YCHL yarim finaidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Ronaldu mashg'ulotda jarohat oldi, tavakkal qilishni istamadik. U o'zini noqulay his qildi. Krishtianu shu kunlarda umumiy guruhga qo'shiladi. Umid qilamanki, javob bahsida jamoamizga yordam beradi. Benzemada ham jarohat bor, u oxirigacha o'ynashni istagandi. Jarohati qanchalik jiddiy ekanligini endi bilamiz.

Durang – yaxshi natija. Ikkinchi bo'limda gol urish uchun imkoniyatlar paydo bo'lgandi. Javob bahsida imkoniyatlar mutlaqo teng, – deydi Zidan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com