Zinchenko Ukrainaga Fransiya, Germaniya va Ispaniya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda yordam bera olmaydi

Alisher
30 sen 2020, 17:47
"Manchester Siti" futbolchisi tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Ko'rik natijalaridan ma'lum bo'ldiki, "shaharliklar" himoyachisi 3 hafta atrofida maydonga tusha olmaydi.

Zinchenko mushaklardagi jarohat sabab Ukrainaning oktyabr oyidagi o'yinlarida qatnasha olmaydi. "Sariq-ko'klar" Fransiyaga qarshi o'rtoqlik, so'ngra Millatlar Ligasi doirasidagi Germaniya va Ispaniya terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Aleksandr Zinchenko 2020/21 yilgi mavsum hali "Manchester Siti" tarkibida maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru