Ziesh va Xadson-Odoi jarohat sabab 2 haftaga safdan chiqdi

Alisher
9 dek 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachilar Kallum Xadson-Odoi va Xakim Zieshning holati haqida gapirdi.

"Bizga maum bo'lishicha, Xakim va Kallum jarohatlari sabab 2 hafta maydonga tushishmaydi.

Ular bundan oldin ham safga qaytishlari mumkin, men ularning uzoqroq muddatga safdan chiqmaganliklaridan xursandman", - deydi Lempard.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" APLda 11 turdan so'ng 22 ochko jamg'argan holda, jadvalda 3-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com