Zidanning jiyani Ispaniyaning 3-divizion jamoasi bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2017, 17:50
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning jiyani yarim himoyachi Driss Yanis Zidan Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Yunion Adarve" klubi futbolchisiga aylandi.

"Yangi klubda yangi sarguzashtlarni boshlaganimdan xursandman" - deb yozdi 22 yoshli futbolchi "Instagram"dagi sahifasida.

Oldinroq, Driss Fransiya chempionatining quyi liga vakillari sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com