Zidanga “Yuventus” futbolchisi kerak, bu Ronaldu emas

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 23:20
Fransiyalik mutaxassis Zayniddin Zidan “Real” safida “Yuventus” a'zosi Miralim Pyanichni ko'rishni xohlamoqda, deya xabar qiladi Tuttosport.​

Manbaning ma'lum qilishicha, Zidan “qaymoqranglilar” rahbari Florentino Peresga Pyanichni klubga olib kelish bo'yicha taklif bildirgan. 28 yoshli bosniyalik futbolchining transfer summasi 90 mln. evroga narxlangan.

Avvalroq, Italiyaning boshqa bir nashri Calciomercato ham Pyanichning “Real”ga o'tishi haqida xabar tarqatgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport