Zidanga Obameyang kerak emas

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017
Dortmundning Borussiya klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Realga o'tmaydi shekilli.

27 yoshli gabonlik futbolchi Madrid klubiga o'tishi kutilayotgandi. Biroq Real ustozi Zinedin Zidan Obameyangning transferini rad qildi. Hujumchi fransiyalik murabbiyning taktikasiga mos tushmaydi. Zidanning fikricha Ronaldu va Beyl qanotlarda, o'rtada esa markaziy hujumchi o'ynashi kerak.

Endi Obameyang uchun kurashda PSJ favoritga aylandi. Unga Manchester Siti ham qiziqmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportbild.bild.de