Zidan ushbu terma jamoani boshqarishni istamadi

Omonjon To`xtamirzayev
27 yanv 2024, 13:00
Avvalroq, Jamel Belmadi o'z lavozimini tark etgani haqida xabar bergandik.

Natijada, Jazoir terma jamoasi yangi bosh murabbiy izlamoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Jazoir futbol federatsiyasi ro'yxatida Erve Renar, Voxid Xalilxodjich va Zinedin Zidan bor. Federatsiya vakillari Zidan bilan aloqaga chiqishga ham ulgurishgan.

Biroq "Real" sobiq bosh murabbiyi ota-onasining vatani terma jamoasini boshqarish taklifi tushganidan boshi osmonga etganini ma'lum qilgan, ammo uni qabul qilmagan.

Eslatib o'tamiz, hozirda o'tib borayotgan Afrika Millatlar Kubogida Jazoir guruhda oxirgi o'rinni egalladi va ishtirokini yakunlashga majbur bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: lequipe.fr