Zidan Superkubokdagi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2021, 08:55
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletik"ka qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi.

"Birinchi bo'limda "Real" qiynaldi, o'yinga kirishib keta olmadik. Ular o'zlarida yuzaga kelgan ikkita vaziyatni golga aylantira olishdi. Ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik. Vaziyatlarimiz bo'ldi. "Atletik" yaxshi pressing qila oldi.

Ishlashda davom etish lozim. Yaxshi dam olib, keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak", - dedi Zidan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca