Zidan murabbiy sifatida faoliyatidagi barcha finallarda g'alaba qozonmoqda

Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu Zinedin Zidan uchun "Real" bosh murabbiyi sifatida 9-finalga aylandi. E'tiborli jihati shundaki, fransiyalik mutaxassis ularning barchasida g'alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etmoqda.

Bungacha Zidan "Real" bilan quyidagi musobaqalarning finallarida zafar quchgan:

YCHL-2015/16, Yevropa Superkubogi-2016, Klublar o'rtasidagi JCH-2016, YCHL-2016/17, Ispaniya Superkubogi-2017, Yevropa Superkubogi-2017, Klublar o'rtasidagi JCH-2017 va YCHL-2017/18. 


Manba: championat.asia