Zidan Milinkovich-Savichni "Real"ga o'tishga ko'ndirmoqchi

Alisher
2 iyun 2020, 15:13
"Real" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Serbiyalik xavbek "Pari Sen-Jermen" bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo "Real" uning parijliklarga transferini to'xtatmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan futbolchi bilan aloqaga chiqmoqchi va uni ispan klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Milinkovich-Savichning "Lacio" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Lacio" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 7ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Le10 Sport