Zidan: "Benzema gol urmaganidan havotirda emasman, u ko'p foydali ish qildi"

Aslanov Jasurbek
22 fev 2018
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, hujumchi Karim Benzema raqib darvozasini ishg'ol qilishi shart emas.

Fransiyalik mutaxassis bu haqda "Leganes"ga qarshi bahsdan (3:1) so'ng aytdi.

"Yo'q, Benzema gol urmagani havotirga solmaydi. Albatta, u darvozani ishg'ol qilishni istagan edi. Karim oldinroq "Betis"ga gol urdi. Bugun esa bunday qila olmadi, ammo u jamoadoshlari uchun ko'p foydali ish qildi. Ko'nglim to'ldi" - deydi Zidan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS