Zidan: "Bayer"ga urgan golim? Nachoning goli chiroyliroq, to'g'rimi?

Aslanov Jasurbek
27 okt 2016, 11:41
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Leones"ga qarshi Ispaniya Kubogida himoyachi Nachoning golidan hayratlanganini aytdi.

"Qirollik klubi" ushbu bahsda 7:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Nacho noodatiy gol urdi, u futbol tarixiga kiradi. Uning o'yinidan ko'nglim to'ldi. "Bayer"ga urgan golim? Nachoniki chiroyliroq, to'g'rimi? Futbolchi shunga munosib, chunki u har doimo mashg'ulotlarda jiddiy ishlaydi" - deydi Zidan.

"Real" himoyachisi qaychi uslubida gol urdi (video)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS