

Madrid klubi jamoa sardori bilan bugun xayrlashdi.
Realning buyuk tarixidagi qahramonlardansan. Erishgan natijalaring bilan faxrlan, Nacho!, - deya yozadi Real sobiq yulduzi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu va Nacho bir necha yil davomida Madrid klubi safida to'p surgan. 34 yoshli ispaniyalik himoyachi ham Krishtianu ortidan Saudiya Arabistoniga yo'l olishi kutilmoqda. U Al Qodisiya bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi.



