Zidan: "Azarga biroz o'yin amaliyoti berishni rejalashtiryapman"

Alisher
29 dek 2020
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Eden Azarni maydonga tushirishga vada berdi.

Belgiyalik futbolchi mehmondagi "Elche"ga qarshi o'yinda o'z imkoniyatini oladi.

- Azar ertaga o'yin uchun qaydnomaga kiradi, men unga biroz o'yin amaliyoti berishni rejalashtiryapman. U bir necha kun davomida jamoa bilan bo'ldi va biz vaziyatdan maksimum foydalanmoqchimiz, - deydi Zidan.

Belgiyalik futbolchi bir oydan beri maydonga tushmayapti. U so'nggi bor 28 noyabr kuni uydagi "Alaves" (1:2)ga qarshi o'yinda harakat qilgan edi. "Granada"ga qarshi oldingi o'yinda esa Azar zaxira o'rindig'ida o'tirdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com