Zidan "Alaves" ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "Og'ir safar o'yinida 3 ochko jamg'ardik"

30 noya 2019, 20:45
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 15-turida "Alaves" ustidan zafar quchganidan keyin (2:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, ammo bu stadionda biz uddalagandek oxirgacha kurashish kerak. Jiddiy aytganda, bu juda muhim natija, qoniqish hosil qildim. Kurashishdan va futbol o'ynashdan to'xtamadik. 


– Nima uchun darvozada Areola o'ynadi?

– Bu mening qarorim. U jamoaning bir qismi, mashg'ulotlarda yaxshi shug'ullanmoqda. U Kurtuadek bizni bir necha marotaba qutqarib qoldi. Shunchaki uning navbati kelgandi. 


– Ob-havo va maydon holati haqida...

– Oldindan ma'lum bo'lganidek, "Eybar" stadioniga o'xshagan kichik maydon. Yomg'ir yog'gan paytda, suv ko'p bo'ladi va to'p tepish qiyinlashadi. Ammo, maydon o'yin uchun maqul bo'lsa, u holda chiqish va o'ynash kerak.


– Tarkibdagi o'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi?

– Ha. Mavsum uzun va biz faqat La Ligada o'ynamaymiz. Men har bir futbolchi jamoaning natijalariga hissa qo'shishi uchun imkon berishim kerak, – deydi Zidan.


La Liga. "Real Madrid" yomg'irli bahsda qiyin g'alabaga erishdi


Manba: as.com