Joze Mourinyo: El Klasikoni ko'rmayman, lekin Real yutishini istayman

Narzulla Saydullayev
26 okt 2013
Chelsi ustozi Joze Mourinyo Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan Barselona va Real o'rtasidagi o'yinga o'z munosabati haqida gapirib berdi.
- Meni klasiko umuman tashvishga solayotgani yo'q. Agar siz mendan qaysidir jamoaning g'alaba qozonishini istashimni so'rasangiz shunday javob beraman: Ha, istayman.

Jamoam yakshanba kuni muhim o'yinni o'tkazadi, shu bois shanba oqshomida vaqtni televizor oldida o'tkzamoqchi emasman. Oilam bilan birga ovqatlanib borib uxlamoqchiman.

- Qaysi jamoaning g'alabasini istaysiz?
- Realning, - deydi Mourinyo.

Eslatib o'tamiz, Barselona - Real Madrid uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru