

"Yutqazish doimo alamli. Ayniqsa, 120 daqiqa ichida maydonda aynan sening jamoang kuchli jamoa sifatida o'yin ko'rsatsa. Bugun "Benfika" g'alaba qozonish uchun ko'proq ish qilgandi. Lekin bu futbol, mag'lubiyatni ham tan ola bilish zarur.
Betu o'yin natijasiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. u portugaliyalik. Bizning futbolimizni biladi. U zarba berilishidan oldin darvozasidan chiqib ketdi. Bu esa qoidalarga zid holatdir. Biz penaltilar seriyasida ham mag'lubiyatga uchrashga loyiq emasdik", - deydi Jezush.



