Jon Barns: “Liverpul” tezroq Suaresni sotishi kerak”

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2013, 15:00
“Liverpul” klubining sobiq yarim himoyachisi Jon Barns, Suaresni sotilishi haqidagi gap so'zlarga bo'yicha o'z fikrini bildirdi.

“Biz bu kabi masalalarni futbolchilar transfer oynasining so'ngida hal bo'lishini ko'p marotaba  ko'rganmiz va oxir oqibat eng yaxshi futbolchilar o'z klublarini tark etishgan.

“Liverpul” esa Suaresni yo'qotgan taqdirda boshqa hujumchi sotib olishi kerak bo'ladi. Futbolchining o'zi ham klubda o'z baxtini topa olganicha yo'q.

Shuning uchun men bu transfer tezroq amalga oshishini xoxlayman. Ha, Suares ajoyib o'yinchi, lekin biz uning niyatlarini bilmaymiz”, - deydi Barns.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru