Joao Moutino: “Monako”ni porloq kelajak kutib turganiga ishonchim komil”

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013
“Monako” klubining yangi o'yinchisi Joao Moutino kelasi mavsumda klubni nimalar kutib turgani bilan o'rtoqlashdi, deb xabar beradi Goal.com.

“Oliy divizionga qaytganimizdan bir yil o'tib, bizlar Chempionlar Ligasiga chiqishga harakat qilishimiz kerak. “Monako”da ajoyib kuchli o'yinchilar jamlangan. Ushbu loyihani kelajagi porloq deb aniq ayta olishim mumkin. Aynan mana shu uchun men “Monako”ga keldim. Bu jamoa bilan men ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman. Fransiya chempionati kundan-kunga rivojlanib borayapti. Klub kuchli futbolchilarni o'z safiga qo'shishda davom etayapti. Bu esa yaxshi manoda raqobatni kuchaytirishga yordam beradi. Turnir jadvaliga qarasangiz, har yili Fransiyada yangi chempionlarni ko'rishingiz mumkin: “Lion”, “Marsel”, “Monpele”  va “PSJ”. Biz kelasi mavsumda shular qatoriga kirishga harakat qilamiz”.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net