Jiru yil oxirigacha safdan chiqdi va endi operaciya qilinadi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger hujumchi Olive Jiruning Angliya premer-ligasi 2-turi doirasidagi “Everton” (2:2) klubiga qarshi kechgan uchrashuvda jiddiy jarohat olganligini tasdiqladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya terma jamoasi yetakchisi ushbu jarohati sabab 2014 yilning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Venger Jiruning 2015 yilning yanvar oyida safga qaytishini ma'lum qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com