Jeko "Inter" va "Milan" qiziqishlari doirasidan o'rin oldi

"Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko Milan shahrining "Inter" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar beryapti Tuttosport.
Ma'lum bo'lishicha, bu ikki klubdan tashqari Edinni Dortmundning "Brussiya"si va "Valensiya" klublari ham o'z safida ko'rishni istayapti.

Shuni alohida takidlash joizki, Adriano Galliani Jeko bilan yaqin munosabatda. Shuning uchun ham "Man Siti" hujumchisi "rossonerilar" tarkibiga o'tish ehtimoli yuqoriroq baholanmoqda.


Manba: football.kulichki.net