JCH-2014. Futbol haqiqiy erkaklar o'yini!

Aziz Tukhtamuradov
16 iyul 2014
Aynan mana shunday holatlar sababli ham futbolni haqiqiy mardlar o'yini deb hisoblaymiz. Demak, Braziliyada bo'lib o'tgan Mundialdagi erkaklarga hos harakatlarni sanab o'tishga harakat qilamiz.

Gretsiya terma jamoasi futbolchilari o'z yurtlari futbolini rivojlantirish uchun pley-offga chiqqanliklari uchun beriladigan mukofot pullaridan voz kechdilar


Boshidan yaxshigina zarba egan urugvaylik Alvaro Pareyra shifokorlarning qarshiligiga qaramasdan o'yinni ohirigacha davom ettirdi


Boshi yorilgan Dirk Kuyt Braziliyaga qarshi o'yinda ham maydonni tark etish haqida o'ylamadi. Natija yomon emas - u, bronza medali egasiga aylandi


Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman darvozabon Farid Mondragonni maydonga tushirib, unga JCH tarixidagi yoshi eng katta futbolchi bo'lish imkonini yaratib berdi


Jordjo Kellini Suaresning diskvalifikaciyasi haqida eshitganidan so'ng, FIFAdan uning jazo muddatini kamaytirishni so'radi


Pablo Sabaleta yarim finalda labining yorilganiga qaramasdan o'z jamoasini tashlab qo'ymadi


Xaver Maskerano o'sha o'yinda Robben bilan to'qnashuvdan keyin hushidan kyetib qoldi va bir ozdan so'ng yana o'ziga kelib o'yinni davom ettirdi


Final kuni Bastian Shvaynshtaygerning ahvoliga havas qilib bo'lmas edi. U g'alabaga bo'lgan irodasi sababli kurashlardan qochmadi va jamoasini g'alaba sari etaklay oldi


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia