JCH-2014. Depay Gollandiya safida mundialda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2014
Avstraliya - Gollandiya (2:3) uchrashuvida gol urgan Memfis Depay gollandlar safida Jahon chempionatlarida to'p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, hisob 1:2 bo'lib turgan vaqtda zaxiradan maydonga tushgan Depay golli pas oshirdi va 68-daqiqada gol urdi.

Bundan oldingi rekord Budevayn Zendenga tegishli edi. U JCH-1998da 21 yosh 10 oylik vaqtida gol urgandi. Depay hozir 20 yoshu 4 oylik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru