JCH-2013 (U-17). Saudiya Arabistoni – g'oliblikni qo'lga kiritgan yagona arab jamoasi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013
BAA maydonlarida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga ham tobora oz qolmoqda.
17 oktyabr kuni Braziliya – Slovakiya bahsi bilan navbatdagi JCH boshlanadi. Biz esa turnir tarixi bilan bog'liq bazi qiziqarli ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Bilasizmi? Arab jamoalari orasida Saudiya Arabistoni birinchi bo'lib g'oliblikni qo'lga kiritgan. 1989 yil o'tkazilgan turnirda saudiyalik o'smirlar bosh sovringa ega chiqishgandi. Saudiya o'smirlar termasi finalda musobaqa mezboni Shotlandiyani mag'lubiyatga uchratgan.

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati ilk bor 1985 yil Xitoyda o'tkazilgan va unda Nigeriya g'oliblikni qo'lga kiritgan. Umuman olganda, nigeriyalik o'smirlar bungacha uch marta (1985, 1993, 2007) bu yoshdagi turnirda g'alaba qozonishgan.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia