JCH-2006 finali hakami: Zidanga qizil ko'rsatganimda u men uchun oddiy o'yinchi edi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2013
JCH-2006 final uchrashuvi hisoblangan Fransiya – Italiya o'yinida ishlagan argentinalik hakam Orasio Elisondo francuzlar sardori Zinedin Zidanni chetlatish haqidagi qarorni qanday qabul qilgani haqida atroflicha to'xtalib o'tdi.
Albatta, matbuotdagi chiqishlar tufayli o'sha qarorim qanchalik muhim qarorni qabul qilganimni keyinchalik tushundim. Ammo Zidanga qizil ko'rsatgan vaqtda buni sezmagandim. U men uchun jamoaning oddiy o'yinchisi edi.

Materacci yiqilganida to'p boshqa tomonda edi, men tabiiyki o'sha tomonga qarab yugurayotgandim. To'p Materacci yotgan yarim maydon tomon o'tganida buni ko'rdim.

Materacci turmasdi. Uning turishini kutmoqchi bo'ldim. Ammo turavermagach o'yinni to'xtatdim. O'zimning birinchi yordamchimdan (Dario Garsiyu) so'radim: Dario, nimanidir ko'rdingmi? Nimaga u maydonda yotibdi?. U menga hech nimani ko'rmaganini ma'lum qildi. Keyin ikkinchi qanot hakamiga (Rodolfo Otero) murojaat qildim, ammo u ham hech nima ko'rmaganini aytdi.

Zaxira hakami Luis Medina Kantalexo naushnik orqali barchasini aytib berdi: Orasio, men ko'rdim. Zidan Materaccini ko'kragiga boshi bilan kuchli zarba berdi.

Kantalexodan nima uchun Zidan unga zarba berganini, Materacci bungacha qandaydir harakat qildimi deb so'radim. U faqat Zidanning zarbasini ko'rganini ma'lum qildi.

Qanday qaror qabul qilish kerak? deb o'yladim. Zidan yonimda tinchgina turardi. Men bu vaziyatni ko'rmaganimni barcha bilardi, shu bois darhol unga qizil kartochka ko'rsata olmasdim.

Qanot hakami yoniga borib: Dario, e'tiborliroq bo'l dedim. O'zimga esa: 10 daqiqa qoldi yanada e'tiborli bo'l dedim.

So'ngra Zidanni yoniga kelib unga qizil kartochka ko'rsatdim. O'shanda hakamlarga naushniklar endi paydo bo'lgandi. Agar bosh hakam qanotdagi yordamchisini yoniga borsa nimanidir so'rashini barcha biladi.

Dario hech nimani ko'rmaganini bilardim. O'sha vaqtda uni yoniga borishim qaror chiqarishdagi muhim omillardan biri edi, – deydi Elisondo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru