

“Buni barchamiz orzu qilayapmiz, ammo xozir Jahon Chempionatida o'ynashdan ham muhimi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda g'alaba qozonish. Biz o'zimizning odatiy holatimizda bo'lsak, O'zbekiston biz uchun mag'lub etsa bo'ladigan jamoa”, dedi Son.
Shu o'rinda Janubiy Koreya terma jamoasi hamda Bundesliganing Gamburg klubi hujumchisi Bundesliga yetakchilaridan biri Leverkuzenning Bayer jamoasiga o'tishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Gamburg 20 yoshli hujumchisi uchun Bayerdan ,1 million AQSH dollari so'radi.
Son Xyung Mingga Bayer yiliga 3 million Evro oylikli 4 yillik shartnoma taklif qilgan.
Bayer Songa avvalgi hujumchisi Andre Shurle Chelsiga o'tib ketgach qiziqib qolgan.
Son Bundesligada mavsumni 12 to'p bilan yakunladi va kuchli to'purarlar o'nligiga kirdi.



