Janluiji Buffon: “Italiya jahon chempionatini yuta oldigan holatda emas”

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonning fikricha, Italiya hali o'z ustida juda ko'p ishlashi kerak.

- Biz ko'plab terma jamoalardan o'sish borasida ortda qolayapmiz. Bu haqiqat. Bizning boshqa kuchli termalarni yutishimizga sabab esa, bizga omadning kulib boqishi va o'yindagi ayyorona harakatimizda.

Fikrimcha, biz so'nggi yillarda tez suratda rivojlanib borayapmiz. Konfederatsiyalar kubogi esa bizga kelasi jahon chempionatida Italiyaning ahvoli ne kechishini ko'rsatib berdi. Hozirgi terma jamoa oltin medallarni qo'lga kiritish holatida emas, - Buffonning so'zlarini keltiradi Football Italia.


Manba: football.kulichki.net