Jamshid Iskanderov va Tohir Shamsiddinov: "G'alaba uchun o'ynaymiz"

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2014
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Ummondagi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu o'yindan oldin jamoamiz yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov qisqa fikrlari bilan o'rtoqlashdi: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda durangga erishsa ham keyingi bosqichga chiqamiz, lekin yigitlarni fikrida faqat g'alaba turibdi. Shaxsan bizni durang qoniqtirmaydi."

Shuningdek Tohir Shamsiddinov ham bugungi bahsdan oldin "SA" orqali o'z fikrlarini bayon qildi: "Saudiya Arabistonining ikkala o'yinni tomosha qildik. Iroq bilan taqqoslaganda biroz kuchsizroq jamoa. O'tgan o'yindagi mag'lubiyat alami hamon bizni tark etgani yo'q. Lekin Saudiyaga qarshi bahsda yigitlar g'alaba uchun maydonga tushib chorak final masalasini ijobiy hal qilishmoqchi. "

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia