"Zenit" muxlislari Makni noyabrning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2016, 18:14
Noyabrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida "Zenit" muxlislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada yarim himoyachisi Robert Mak g'olib bo'ldi.

Slovakiyalik futbolchi o'tgan oydagi 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta golli pas berdi.

Ikkinchi o'rin Yuriy Lodigin, uchinchi o'rin esa Julianoga nasib etdi. Mak ushbu sovrinni "Zenit" safida ilk marotaba qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com