Zabihillo O'rinboev deyarli 600 kundan so'ng oliy ligada gol urdi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016, 16:16
"Bunyodkor" klubi hujumchisi Zabihillo O'rinboev kecha "Paxtakor" bilan o'yinda chiroyli gol muallifiga aylandi.

Hujumchi bu mavsumda birinchi bor raqiblar darvozasiga yo'l topa oldi. O'tgan yil oliy ligada umuman gol urmagan O'rinboev oxirgi marta 2014 yil 13 sentyabr sanasida "Buxoro" darvozasini ishg'ol qilgandi.

Oradan 594 kun (1 yil, 7 oy va 16 kun) o'tgach Zabihillo yana raqib darvozasini ishg'ol qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia