“Yuventus”ning yozgi turnesi Indoneziyada boshlanadi

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2014
“Yuventus” mavsumlar oralig'idagi ilk ko'rgazmali uchrashuvini Indoneziyada o'tkazadi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 6 avgust kuni “Yuventus”ga Jakartada Indoneziya jamoasi raqiblik qiladi.

16 avgust kuni esa, “Keksa Seniora” Singapurda mahalliy jamoalarning eng yaxshi futbolchilari bilan bahs olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda  “Yuventus” Antonio Konte qo'l ostida chempionlik sovriniga ega chiqdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com