"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019, 17:43
"Yuventus" rasmiy saytida berilgan xabarga ko'ra, jamoa himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Lacio"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

Futbolchi davolanish jarayonini boshlab yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bonuchchi bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Agar shunday bo'lsa, u "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o'yinini o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari, "Yuventus" Qatarning "Al Duhayl"ga o'tayotgan Mexdi Benatiani jamoada saqlab qolishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia