“Yuventus”ga qarshi bahsga kelolmagani uchun “Napoli”ga qanday chora ko'rilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
14 okt 2020
Bu haqda jurnalist Romeo Agresti xabar bermoqda.

Italiya chempionati 3-turi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi Turindagi o'yinga yetib kelmagani uchun “Napoli”ga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yoziladi. Shu bilan birga, neapolliklardan musobaqa reglamentini buzgani uchun 1 ochko olib tashlanadi.

Eslatib o'tamiz, “Napoli” 2 futbolchisida koronavirus aniqlangani tufayli “Turin”dagi o'yinga uchmadi. Rahbariyat esa mazkur bahsni keyinga qoldirish so'rab murojaat qilgan “Napoli”ning iltimosini rad etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru