"Yuventus" yozda Lakazettni sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
6 fev 2017, 21:22
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lakazett "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushdi.
Buni "L`Equipe" tasdiqlamoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, Turin klubi yozgi transfer oynasida futbolchi uchun kurashga qo'shilmoqchi. Italiyaliklar unga 40 million evro to'lashlari kerak bo'ladi. Sababi, hujumchining shartnomasida keltirilgan tovon puli aynan shuncha.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L`Equipe