"Yuventus" "Vilyarreal" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
12 iyul 2022, 17:38
"Yuventus" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli ispan himoyachi Matteys de Ligtning "Bavariya"ga ehtimoliy kyetishi sabab Turin klubining short-listidan o'rin oldi.

Qayd etish kerakki, "keksa sinora" avvaliga yangi himoyachi topishmoqchi, shundan so'ng niderlandiyalikning Myunxen klubiga transferini rasmiylashtirishmoqchi.

"Yuventus" short-listida shuningdek Kalidu Kulibali ("Napoli"), Gleyson Bremer ("Torino"), Gabriel Magalyaes ("Arsenal") va Benua Badiashil ("Monako") bor.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport