"Yuventus" va PSJ Paredesning transfer shartlari borasida kelishuvga erishdi

Alisher
31 avg 2022
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes "Yuventus"ga o'tadi.

Klublar 28 yoshli argentinalikning transfer shartlari borasida kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Turin klubi ma'lum bir shartlar amalga oshirilgan taqdirda majburiy bo'ladigan xarid qilish sharti bilan xavbekni ijaraga oladi. Ehtimoliy transfer narxi 20 million evro (15 million + 5 million bonus).

Paredes o'tgan mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio