“Yuventus” va “Arsenal”ning sobiq a'zosi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2020
Shveytsariyalik taniqli o'yinchi Shtefan Lixtshtayner butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Bu haqda uning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar qildi. U 2019 yildan buyon “Augburg” sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Avvalroq, 36 yoshli fulbek “Grassxopper”, “Lill”, “Lacio”, “Yuventus”, “Arsenal” kabi jamoalar tarkibida to'p tepgan.

Shtefan Shveytsariya TJ tarkibida 108 o'yinda qatnashib, 8 ta golni o'z hisobiga yozdirgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru