"Yuventus" ushbu haftada Kostich bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
8 avg 2022
"Yuventus" ushbu haftada "Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostichning transferini amalga oshirmoqchi.

Turin klubi 28 yoshli serb bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi. "Yuventus" ayni damda "Ayntraxt" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar kelishuvga yaqinlar va transfer narxini kelishishmoqda. "Ayntraxt" o'yinchi uchun "Yuve" taklif qilayotganidan 4 mln evro ko'proq xohlamoqda.

Kostichning nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Ayntraxt" safida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 15ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano