"Yuventus" sobiq himoyachisi Tudor "Galatasaroy" bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2017
"Yuventus" va Xorvatiya terma jamoasidagi o'yini bilan mashhur bo'lgan Igor Tudor "Galatasaroy" bosh murabbiyiga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xorvatning so'nggi ish joyi "Karabyukspor" bo'lgan. "Galatasaroy" va Tudor o'rtasidagi bitim 1,5 yilga mo'ljallangan. Bugun turk klubi futbolchilari yangi murabbiy qo'l ostida ilk mashg'ulotni o'tkazishadi, tanishtiruv marosimi 16 fevralda o'tishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com