"Yuventus" sobiq futbolchisini ortga qaytarishni istaydi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2025
"Yuventus" hujumchi Randal Kolo-Muanini jamoaga qaytarishni istaydi.

PSJ forvardi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida turinliklar tarkibida o'tkazgandi. Uning xatti-harakatlari "Yuventus"ga maqul kelgan va yangi mavsumda ham rejalariga kiritgan.

Biroq "Yuventus" shoshilmayapti va futbolchini o'z shart-sharoitlariga moslagan holda ishlarni yakunlamoqchi. Barchasi futbolchining istaklariga bog'liq bo'ladi. Ayni damda "Yuve" PSJning Kolo-Muani borasidagi yakuniy qarorini kutmoqda.

Kolo-Muani "Yuve" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 10 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports