"Yuventus" "Sevilya" futbolchisi N'Zonzi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2017
"Sevilya" yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi "Yuventus" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Turin klubi fransiyalik bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

28 yoshli futbolchi yanvarda "Sevilya" bilan shartnomasini 2020 yilning yozigacha uzaytirgan edi. Bitimdagi uning badal puli 40 mln. evro.

N'Zonzi "Sevilya"ga 2015 yil "Stok Siti"dan o'tgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi LaLiganing 24 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS