"Yuventus" "Roma" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
13 apr 2022
"Yuventus" yozgi transfer oynasida "Roma" vingeri Nikolo Zanolo bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Roma" o'yinchi uchun 50 mln evro xohlamoqda. "Keksa sinora" narxni tushirish uchun bitimga o'z o'yinchisini qo'yishni ko'rib chiqmoqda. Bu hujumchi Moyze Kin bo'lishi mumkin.

Zanolo "Roma"ga 2018 yilda "Inter"dan 4,5 mln evro evaziga o'tdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

22 yoshli italiyalik joriy mavsum "bo'rilar" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira