

Oldinroq, "Roma" Strotmanni sotmoqchi emasligi OAVda e'lon qilingandi, ammo gollandiyalikning shartnomasida belgilangan 45 mln. evrolik tovon puli tufayli futbolchi klubini o'zgartirishi mumkin. Buning uchun "Yuventus" va Kevin kelishib olsa bo'lgani.
Strotman joriy yozda "Roma" bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirgan edi. 27 yoshli "Roma" yarim himoyachisi 2013 yilda PSVdan "bo'rilar" safiga o'tgan.



