"Yuventus" PSJga Ikardi bo'yicha rasmiy taklif berishga tayyor

Alisher
14 dek 2021
"Yuventus" qishki transfer oynasida PSJ hujumchisi Mauro Ikardining transferini amalga oshirmoqchi.

Turin klubi rasmiy taklif tayyorladi, bu haqda o'yinchining atrofidagi insonlar xabar berishmoqda.

"Yuventus" argentinalikni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi. Ijara shartnomasida xarid qilish huquqi ham bo'ladi.

28 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport