"Yuventus" Pogbani MYUga 120 mln. evro evaziga sotishni istamadi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2016, 11:10
"Yuventus" "Manchester Yunayted"ning turinliklar yarim himoyachisi Pol Pogba borasidagi navbatdagi taklifiga rad javobini berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, inglizlar fransiyalik uchun 110 mln. evro va 10 mln. bonus taklif qilishdi, ammo Turin klubi yana rad javobini berdi.

Gonsalo Iguainning "Napoli"dan "Yuventus"ga o'tishi Pogbaning transferiga bog'liq emas. Mario Lemina, Roberto Pereyra hamda Simone Zazaning sotuvuidan tushgan pul argentinalik uchun ishlatiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com