

Bu haqida "Relevo" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha ikki holatda futbolchini sotib olish majburiy bo'lardi: agar "Yuventus" Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqsa, yoki Paredes bazi individual yutuqlarga erishsa. Futbolchi transfer huquqini € 22 mln.ga sotib olish beliglab qo'yilgan. "Yuventus" yuqori maosh tufayli futbolchini jamoada qoldirmaslikka qaror qilgan. Argentinalik PSJga qaytishga majbur bo'ladi, ammo francuz klubi ham Paredesni rejalariga kiritmagan va unga yangi klub topishga urinadi.
28 yoshli Paredes "Yuventus" safida bu mavsum 21 ta o'yinda ishtirok etdi va bitta samarali harakat amalga oshirdi.




