"Yuventus" murabbiyi De Ligtga yetishmayotgan sifatlarni aytdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 12:58
"Yuventus" murabbiyi Jovanni Martushello A Seriya doirasida "Napoli"ga qarshi bahsda debyut qilgan Matteys De Ligt haqida gapirdi.

"De Ligt hali ham o'yinni o'qish va maydonni ko'rishda biroz oqsamoqda. Umuman boshqa ligadan kelib, A Seriyada o'ynab kyetish anchagina qiyin bo'lishini uning o'zi ham aytgandi. Biroq uning qobiliyatiga ishonaman. De Ligt dastlabki 60 daqiqani ajoyib tarzda o'tkazdi.

Jamoaga moslashib olish uchun De Ligtga ko'proq vaqt bermoqchi edik. Ammo afsuski, Kellinining jarohati barcha rejalarni o'zgartirib yubordi", - dedi Martushello


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia