"Yuventus" Kimpembe bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
30 iyun 2022
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe Parij klubidan ketadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, agar klubdan himoyachi Matteys de Ligt ketsa, "Yuventus" 26 yoshli francuz bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Oldinroq, 22 yoshli niderlandiyalikka "Chelsi" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Kimpembe o'tgan mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com