"Yuventus" Kavaniga qiziqishni tikladi. Jeko va Suares esa...

Alisher
5 sen 2020
PSJ bilan shartnomasi yakuniga yetib erkin agentga aylangan hujumchi Edinson Kavani yana "Yuventus" qiziqishlari doirasida.

Ayni damda "Roma" forvardi Edin Jekoning transferi bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan, bundan tashqari rimliklar bosniyalikka o'rinbosar topa olishmayapti.

"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning transferi bo'yicha muzokaralar ham uning amaldagi shartnomasi borligi va u bekor qilinmagani sabab qiyinlashmoqda. Shuning uchun Kavani "keksa sinora" e'tiboriga qayta tushdi.

Kavani 2013-2020 yillar davomida "Pari Sen-Jermen" safida to'p tepdi. Urugvaylik futbolchi yakunlangan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com